Rare Beauty birinchi atirini taqdim etmoqda
Selena Gomezning Rare Eau de Parfum atiri

Rare Beauty parfyumeriya bozoriga o‘zining ilk atiri — Rare Eau de Parfum bilan kirib kelmoqda. Mahsulot mashhur parfyumer Jerom Epinett bilan hamkorlikda yaratilgan. Atir tarkibida karamel, pista, pushti qalampir, vanil, zanjabil, kakao doni, sandal daraxti, tonka dukkaklari va mushk notalari mavjud.
Selena uchun bu atirni yaratish shaxsiy ahamiyatga ega bo‘ldi: u ikki yil davomida musiqiy va aktyorlik loyihalari, jumladan “Emmi” mukofotiga nomzodlik va Benni Blanko bilan hamkorlikdagi albom ustida ishlash bilan bir qatorda, ushbu atir ustida ham shug‘ullangan. Gomesning aytishicha, Rare Eau de Parfum — uning hayotidagi hozirgi davrni aks ettiruvchi va bu davrni muxlislari bilan baham ko‘rish imkonini beruvchi vositadir.