Jahon sahnasida o‘zbek ildizlari

Solangel Jennifer Lopez uchun liboslar yaratdi

12 Avg 2025
Foto: Instagram / Jlo

O‘zbekiston yana moda sanoatining e’tiborini tortmoqda. Toshkentlik Solangel brendi Jennifer Lopezning "This Is Me... Now" turnesi uchun sahna liboslarini ishlab chiqdi. Liboslar allaqachon xonandaning konsertlarida, jumladan Dubaydagi tomoshalarida namoyish etildi va moda mutaxassislarining qiziqishini uyg‘otdi. Brendning Instagram sahifasida turne uchun maxsus yaratilgan liboslar tafsilotlarini yaqindan ko‘rsatuvchi suratlar e’lon qilindi. Ushbu hamkorlik mahalliy dizayn uchun xalqaro maydonda sezilarli qadam bo‘ldi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles