Dior yangi kampaniyani boshladi
Jonni Depp — Sauvage atirining yuzi

Fransuz modalar uyi Dior erkaklar iforlari elchisi bo‘lgan Jonni Depp ishtirokida yangi reklama kampaniyasini taqdim etdi. Brend bilan 2015-yildan buyon hamkorlik qiluvchi aktyor afsonaviy Dior Sauvage‘ning ramziga aylangan. Shaxsiy hayoti bilan bog‘liq jamoatchilik bahslariga qaramay, 2023-yilda Dior Depp bilan shartnomani uzaytirib, uning ushbu atir muvaffaqiyatiga qo‘shgan hissasi katta ekanini ta’kidladi. Yangi kampaniya Sauvage bilan bog‘liq bo‘lgan isyonkor ruh va erkinlik g‘oyalarini davom ettiradi.