Tiffany uslubidagi tennis
Zargarlikdagi pop-up

Tiffany zargarlik uyi chempionlik sovrinlarini rasmiy ishlab chiqaruvchisi sifatida USTA bilan ko‘p yillik hamkorligini mustahkamlab, uchinchi bor US Open turnirida o‘zining immersiv pop-up maydonini yaratdi. Fountain Plaza‘dagi installyatsiya mashhur Tiffany Blue rangidagi ulkan tennis to‘pi bilan bezatilgan. Mehmonlar bu yerda brendning Rod-Aylenddagi ustalari tomonidan yaratilgan erkaklar va ayollar sovrinlarini hamda muzeyga munosib eksklyuziv asarlarni ko‘rishlari mumkin, bular: brilliantlar bilan bezatilgan HardWear to‘plami raketkasi va qimmatbaho toshlar bilan ishlangan oltin tennis to‘pi. Ilk bor pop-up dirasida Meta bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan AI-ekspozitsiya namoyish etilmoqda. Bu ekspozitsiya raqamli formatda tennis yulduzlariga aylanib ko‘rish imkonini beradi. Shuningdek, Tiffany turnirning barcha toifalari g‘oliblarini taqdirlash marosimida kortda namoyon bo‘lishi ham kutilmoqda.