Crocs‘dan telefon uchun g‘iloflar
Yog‘och kavushlar ko‘rinishidagi smartfon

Crocs brendi Koreyaning SLBS kompaniyasi bilan hamkorlikda afsonaviy yog‘och kavushlar dizaynini aks ettiruvchi g‘iloflar to‘plamini taqdim etdi. Aksessuari termopoliuretandan tayyorlangan bo‘lib, havo aylanishi uchun maxsus teshikchalarga ega. Shuningdek, bu g‘iloflarga “jibbits” deya ataluvchi dekorativ elementlarni o‘rnatish mumkin. G‘iloflar och jigarrang, och havorang va qora ranglarda chiqarilgan. iPhone 15 yoki 16 (shu jumladan, Pro va Pro Max modellari) hamda Samsung Galaxy S25, S25+ va Ultra2 smartfonlarga mos tushadi.