Miley Cyrus — Maybelline elchisi
«Maybe she’s born with it, maybe it’s Maybelline»

Maybelline New York kompaniyasi Miley Cyrusni o‘zining yangi global elchisi sifatida tanlanganini rasman e’lon qildi. Yangi kampaniyada mashhur "Maybe it‘s Maybelline" jingli Cyrus ijrosida qayta yangraydi. Xonandaning aytishicha, uning uchun pardoz - bu o‘zini namoyon qilish va haqiqatni so‘zsiz yetkazishning bir usuli. Bolaligida u afsonaviy shior bo‘lgan "Maybe she‘s born with it, maybe it‘s Maybelline" satrlarini kuylab, o‘zini reklama sahnasida tasavvur qilar edi. "Men sevgan brendning yangi yuzi va ovozi bo‘lish men uchun sharaf," deya ta’kidladi Cyrus. Brend prezidenti esa Sayrusning mashhur jinglga shaxsiy va hissiy ruh bag‘ishlab, uni Maybelline zamonaviy estetikasi ramziga aylantirganini ta’kidlaydi.