Novvot – shirin kristallar

Novvotning badan uchun qanday foydalari bor?

Foto: IStock

Novvot – bu an’anaviy o‘zbek shirinligi bo‘lib, ko‘pincha aynan choy bilan ichishga tortiladi. Uzoq umr ko‘rganlarning novvot haqidagi fikri bir xil – ularning uzoq umr ko‘rishida novvotning o‘rni katta.

Novvot – obaki shakar bo‘lib, asosiy an’anaviy o‘zbek shirinliklaridan biri hisoblanadi va unsiz haqiqiy sharqona choyxo‘rlik o‘tmaydi. U tog‘ xrustali yoki qimmatbaho toshlarga o‘xshab dasturxonni bezatibgina qolmay, unga o‘ziga xos koloritni ham bag‘ishlaydi. Aytishimiz mumkinki, novvot – bu O‘zbekistonning tom ma’noda shirin gastronomik tashrif qog‘ozi hisoblanadi. Masalan, Turkiyada baklava va lokum, Fransiyada tryufel yoki Italiyada tiramisu mehmondorchilik stoliga ko‘rk bergani kabi, bizda novvot mehmonlar oldiga eng birinchi qo‘yiladigan shirinliklardan hisoblanadi. Choyxo‘rlik paytida novvot qaynoqqina choy quyilgan piyolaga botiriladi va uning erishini kutiladi. Albatta, novvotni obakidandon sifatida ham iste’mol qilish mumkin. Ayniqsa, bolalar buni yaxshi ko‘rishadi.

Novvot faqat fruktoza va glyukozadan iborat bo‘lib, uning tarkibida saxaroza yo‘q, shunga qaramasdan uni kristall qand deb atashadi. Haqiqiy novvot - uzum sharbatidan tayyorlanadi. Katta qozonda iplar tarang tortilib, sirop quyiladi va bir necha kun tindiriladi. Shunday qilib, ajoyib kristallar hosil bo‘ladi. Ularning rangi siropning qaynash vaqtiga qarab sarg‘ish-oqdan to‘q sariq va jigarranggacha bo‘lishi mumkin.

Foto: Istock

Shirinlikni arzonlashtirish uchun konsentratlangan shakar qiyomidan ham foydalanish mumkin. Lekin bu sun’iy novvot hisoblanadi.

Uzoq umr ko‘ruvchi o‘zbeklar - novvotning uzoq umr ko‘rishdagi o‘rni beqiyos ekanligiga ishonadilar. Haqiqatan ham, uni ko‘k choy bilan tanovvul qilgandan so‘ng, odam o‘zini tetikroq his qiladi va faol ishlar bilan uzoqroq shug‘ullanishi mumkin.

O‘zbekistonda odamlar biror kishining ahvoli yomonligini ko‘rishsa, unga darhol novvotli issiq choy ichirishga shoshilishadi.

Ushbu "sehrli" shakar turli kasalliklarni juda yaxshi yengadi, deb hisoblashadi. Undan xalq tabobatida tomoq og‘rig‘i va yo‘talda obaki sifatida foydalanishadi, shuningdek, ovqat hazm qilishdagi buzilish, organizmning suvsizlanishi, qon bosimining pasayishi, kardiologik buzilishlar, depressiya va umumiy holsizlik kabi boshqa ko‘plab kasalliklarda ham foydalaniladi.

Lekin boshqa har qanday shirinlik kabi novvotni ham me’yorida iste’mol qilish ma’qul.
Ta’m, go‘zallik, kolorit, foyda – bularning barchasi shirin kristallar, ya’ni novvot haqida!

Maqolani baham ko'ring

Related articles