Louis Vuitton: 170 yildan beri moda olamining yuragida

Status ramzi va barcha zamonlar kulti

05 Iyul 2024
Foto: SPOTLIGHT / LOUIS VUITTON

Parijda joylashgan Neuve des Capucines nomli 4-ko‘cha barcha sayohatchilarni kutib oldi. Negaki aynan shu yerda Louis Vuittonning hashamatli jamadonlarini sotib olish mumkin edi. Louis Vuitton bagaj biznesiga 1854-yilda asos solgan. O‘shandan beri Louis Vuitton uyi hashamatli segmentdagi eng mashhur ishlab chiqaruvchilardan biri va LVMH xalqaro xoldingining bir qismi bo‘lib kelgan.

Louis Vuitton Horizon ixcham jamadoni katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. U chidamliligi, sifati va o‘zgacha qulfi bilan ajralib turardi. L va V monogrammasi (bosh harflari) 1896-yilda Louis Vuittonning o‘g‘li Georges Vuitton tomonidan yaratilgan. Bu uning o‘ziga xos brendlash usuli edi. Ko‘plab aktrisalar, ishbilarmonlar va barcha badavlat sayohatchilarining Louis Vuitton jamadonlarini sotib olishi brendning mashhur brendlar qatoridan mustahkam joy egallashiga yordam berdi.

«Har bir jamadon o‘zida yuqori harakatchanlik va yengillikni birlashtira olishi kerak», – Louis Vuitton uyining shiori.

Фото: Spotlight

Foto: SPOTLIGHT / LOUIS VUITTON

Brendning kundalik kiyimlar yo‘nalishidagi to‘plamlari 60-yillarda mashhurlikka erisha boshladi. Shu bilan birga, Louis Vuitton uyi ayollar sumkalarini ham ishlab chiqarishni boshladi. Eng birinchi hit bo‘lgan Speedy modeli 2024-yilda ham o‘z o‘rnini saqlab qolishda davom etmoqda. Buning sababi sumkaning keng sig‘imga ega ekanligidir.

Foto: SPOTLIGHT / LOUIS VUITTON

Marc Jakobs 1997-yilda Louis Vuitton ijodiy direktori lavozimini egallagan. U brend uyidagi butun ish faoliyatini monogrammani qayta ko‘rib chiqish uchun sarflaydi. Mark Monogram Vernis to‘plamini chiqardi va o‘sha davrning mashhur modellari uning kampaniyasida rol o‘ynadi. Bir necha yil o‘tgach, Jakobs yapon rassomi Takashi Murakami bilan hamkorlikda ishladi.

Foto: SPOTLIGHT / LOUIS VUITTON

Ijodiy direktor shu bilan cheklanib qolmadi. Kompaniya bilan uzoq davom etgan muzokaralardan so‘ng u Vuitton monogrammasining graffiti versiyasini yaratishga muvaffaq bo‘ldi, bu jarayonni o‘zi Stephen Sprousega ishonib topshirdi. Jakobs bu tanlovi bilan adashmadi. Ishning natijasi pop-madaniyat olamida katta shov-shuvga aylandi. 2007-yilgi Frankenstein sumkasidan oldingi LV dizaynlarini birlashtirgandan tortib, 2010-yilgi “ombre-dyed messenger” sumkasigacha bo‘lgan yaralish davrida Jakobsni toʻxtatib boʻlmadi. Monogramma tobora ommalashib bordi va dizayner uni o‘z brendi to‘plamlarining barcha elementlarida ishlatishdan juda xursand edi.

Foto: SPOTLIGHT / LOUIS VUITTON

2013-yil 4-noyabrda ayollar kiyimlari departamentining ijodiy direktori lavozimiga Jakobsning o‘rniga Nikolas Ghesquière keldi. U sumka shakllari bilan tajriba qilishni yaxshi ko‘radi. Shunday qilib, 2021-yilda Louis Vuitton kofe chashkasi, o‘rdak va dumaloq Petite Boite Chapeau shaklidagi sumkalarni chiqardi. So‘nggi ijod namunalari esa Louis Vuitton shlyapa qutisidan ilhomlanib yaratilgan. Nikolas bugungi kungacha brend uyining ayollar to‘plamlarining ijodiy direktori.

Сумка-Франкенштейн 2007

Foto: SPOTLIGHT / LOUIS VUITTON

Maqolani baham ko'ring

Related articles