Dries Van Notendan yangi atir

Parfyum Mystic Moss nomini oldi

Foto: Instagram / Dries Van Noten
Foto: Instagram / Dries Van Noten

Asos solgan brendiga o‘z nomini qo‘ygan belgiyalik dizayner Dries Van Noten yangi Mystic Moss atirini ishlab chiqardi, uni yaratishda mashhur parfyumer Nicholas Bonneville ishtirok etdi.

Dizaynerning so‘zlariga ko‘ra, yangi parfyum o‘zida bir-biriga mos kelmaydigan narsalarning iforini birlashtirgan: parfyumning dengiz notalari sitrus mevalari bilan aralashib ketgan. Uni yaratish uchun mox, kardamon, mandarin va pachuli kabi ekologik toza materiallar ishlatilgan.

Yangi mahsulotni Dries Van Noten brendining rasmiy veb-sayti orqali xarid qilish mumkin.

Maqolani baham ko'ring

Related articles