Robert Pattinsonning «Betmen 2» filmiga qaytishi haqida nimalar ma’lum

Robert Pattinson Mett Rivz filmining davomida yana Betmen libosini kiyadi. The Batman Part II premyerasi hozircha 2027-yil 1-oktabrga rejalashtirilgan.

06 Noy 2026

Robert Pattinson Mett Rivz filmining davomida yana Betmen libosini kiyadi. The Batman Part II premyerasi hozircha 2027-yil 1-oktabrga rejalashtirilgan.

Aktyorlar tarkibiga Skarlett Yoxansson, Sebastyan Sten, Brayan Tayri Genri va Charlz Dens qo‘shildi. Ularning qahramonlari taxminlarga o‘rin qoldirmoqda — xususan, Stenning Xarvi Dent rolini ijro etishi rejissyor tomonidan hali tasdiqlanmagan.

Syujet tafsilotlari ham sir saqlanmoqda. Voqealarning bir qismi qishda kechishi ma’lum — Rivz allaqachon qor orasidagi betmobil tasvirini ko‘rsatdi. Aftidan, Gotemni yanada sovuqroq muhit kutmoqda.

Maqolani ulashish

Related articles