Detallarga e’tibor: Parijdagi yuqori moda haftaligidan eng qiziqarli yangiliklar

Dunyoning moda poytaxti podiumlarida kutyurdan aksessuarlar

06 Iyul 2024
Foto: SPOTLIGHT

Haute couture tushunchasi Fransiyaning poytaxtida paydo bo‘lgan. Moda olamining eng yaxshi an’analariga ko‘ra, endilikda Parijda muntazam ravishda yuqori moda haftaligi o‘tkazib kelinadi. Yonidan shunchaki qaramasdan o‘tib ketib bo‘lmaydigan aksessuarlarga e’tiborimizni qaratamiz.

Barmoqlar uchigacha bo‘lgan kutyur

2024-yilning kuz-qish mavsumi kolleksiyalari namoyishi qo‘lqoplarsiz o‘tmadi. Yelkagacha baland, qo‘lda tikilgan, shaffof, yengil va ranglariga urg‘u berilgan qo‘lqoplar, shubhasiz, yilning eng asosiy aksessuari nomiga talabgorlik qilmoqda.

Foto: Spotlight / Fendi

Foto: Spotlight / Gaultier

Foto: Spotlight / Valentino

Kichkina demang bizni…

Kichkina sumkalar trendi hali ham o‘z o‘rnini mustahkam egallab turibdi. Haute couture haftaligida deyarli har bir ko‘rgazmada miniatyura aksessuarlari borligi hech kimni ajablantirmadi. Qulay va keng sumkalarning tayyorlanishi pret-a-porte tarixiga oiddir. Kichkina qutichaga o‘xshagan, biser munchoqlar va shisha munchoqlari (steklyarus) bilan tikilgan, qattiq shakldagi sumkachalar yumshoq vintaj kayfiyatini taqdim etdi. Bu mitti sumkachalar Parijdagi modellar qo‘lida yorqin aksessuarlar sifatida yarqiradi va ularning ko‘rinishiga yanada ko‘rk bag‘ishladi.

Foto: Spotlight / Armani Prive

Foto: Spotlight / Fendi

Foto: Spotlight / Miss Sohee

Metal rangi endi oyoq kiyimlarda

Yuqori moda kundalik modadan farq qilsa-da, bu yilgi trendlar har ikki yo‘nalishda ham kuzatilyapti. Shuning uchun, metal tusi berilgan poyabzalga bo‘lgan talabni ham e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi.

Foto: Spotlight / Juana Martin

Foto: Spotlight / Zuhair Murad

Foto: Spotlight / Fendi

Yirik taqinchoqlar yana urfda

Ba’zi kutyuryelarning ta’kidlashicha, bayramona oqshom libosining o‘zi yetarli emas. Unga zirak yoki marjon ko‘rinishidagi katta hajmli taqinchoqlarni qo‘shishga ham urg‘u berishmoqda.

Foto: Spotlight / Dior

Foto: Spotlight / Armani Prive

Foto: Spotlight / Armani Prive

Modada aniq nigoh

Fendi yuqori moda aksessuarlariga o‘z qarashlarini taklif etdi. Podiumda modellar shaffof oynali, toshlar bilan qoplangan, gardishi (oprava) nostandart ko‘zoynak taqib chiqdilar. Bu esa zamonaviy va juda boshqacha ko‘rindi, nimasi bilandir 2010-yildagi shaffof ko‘zoynaklarni ham eslatib yubordi.

Foto: Spotlight / Fendi

Foto: Spotlight / Fendi

Maqolani baham ko'ring

Related articles