2024-yil yozida qanday bosh kiyimlar kiyish kerak

Kepkalar, shoyi ro‘mollar, bog‘ichlar va panamalar

15 Iyul 2024
Foto: SPOTLIGHT

Bosh kiyimini tanlash nafaqat obrazning yakunlanishi, balki soch va bosh terisini himoya qilish masalasidir. Panamalar, beysbolkalar, shlyapalar ultrabinafsha nurlari ta’siridan himoya qiladi. Eng muhimi, aksessuar yozgi obrazga mos kelsa bas.

Tennis bog‘ichi

Ha, yana tenniskor. Bu yilgi mavsumni usiz qanday tasavvur qilish mumkin? Keng matoli bog‘lam yoyilgan sochlarni mahkamlash yoki yig‘ilgan soch turmagi obrazini to‘ldirishni xohlovchilar uchun ajoyib yechim bo‘ladi. Printlarsiz, kashtalarsiz va aksent elementlarsiz sidirg‘a rangli mustahkam gazlamalarga e’tibor berish kerak. 

Foto: SPOTLIGHT / David Koma

Kepka

Hoynahoy, garderobingizda hech bo‘lmaganda bitta kepka bordir. Uni oling va ochiq havodagi sayrga kiyib yuring. Moda namoyishlari tufayli endi ularni nafaqat sport, balki klassik, romantik obrazlar bilan ham uyg‘unlashtirish mumkin.

Foto: SPOTLIGHT / GCDS

Foto: SPOTLIGHT / Ferretti

Shoyi ro‘mol

Ro‘mol va durrachalarni faqat plyajda emas, balki shahar bo‘ylab sayr paytida ham boshga boylab yurish juda qulay. Agar bog‘ichlar va kepkalar xotirjamroq talqinlarda tanlangani ma’qul bo‘lsa, unda bu holatda siz o‘zingizga erkinlik berishingiz mumkin: aksessuar sidirg‘a rangli shoyi matodan, bosma naqshli yoki umuman kross texnikasida to‘qilgan bezak bilan to‘ldirilgan bo‘lsa, ayni muddao.

Foto: SPOTLIGHT / Versace

Foto: SPOTLIGHT / BLUMARINE

Panama

Panama – shlyapalarga muqobil variant. U shortik va futbolka yoki ko‘ylakdan iborat yengil obrazlarga uyg‘unlik bag‘ishlaydi, shuningdek, uchuvchi matolardan tikilgan yozgi ko‘ylak bilan ham yaxshi moslashadi. Panamalar bir xil ranglar gammasida – och ranglardan yorqin ranglargacha bo‘lishi mumkin yoki kross texnikasidan foydalangan holda yaratilgan bo‘lishi mumkin.

Foto: SPOTLIGHT / Hui

Foto: SPOTLIGHT / Helmstedt

Maqolani baham ko'ring

Related articles