Dunyoning eng katta okeanariumlari

Suv osti qirolligining flora va faunasi

Foto: Unsplash

Dengiz olami gʻayrioddiy maxluqlar, tarix va sirlarga boy. Suv qa’riga shoʻngʻishni esa nafaqat ekzotik sayohatlar evaziga, balki okeanariumlar hisobiga ham amalga oshirish mumkin. ELLE jonli eksponatlar bilan dunyoning turli xil burchaklarida boʻlgan eng katta muzeylarning toʻplamini tayyorlab qoʻydi.

Zhuhai Chimelong Spaceship (Chjuhay, Xitoy) 

“Zhuhai Chimelong Spaceship” (Chjuhay Chimelong kosmik kemasi) ilmiy dengiz bogʻida, butun boshli sayyoradan keltirilgan 100 dan ortiq dengiz hayvonlari yashaydi.  Okeanarium tuzilishi bilan katta dengiz kemasini yodga soladi. Akvariumning diqqatga sazovor boʻlgan narsalaridan biri bu – ulkan sun’iy marjon rifi. Bogʻ dengiz jonivorlarining ayrim turlari yashaydigan tematik hududlarga boʻlingan. Bu yerda pingvinlar qirolligi, skatlar suzadigan hovuzlar, tyulenlar yashaydigan kichik orollar va koʻpgina boshqa narsalar mavjud.  

Foto: Unsplash

Georgia Aquarium (Atlanta, АQSH) 

2012-yilga qadar Jorjiyadagi okeanarium dunyodagi eng katta okeanarium hisoblanar edi. Akvarium maydoni bir necha faol hududlarga boʻlingan, u yerda marjon riflari, meduzalar, delfinlar, qurbaqalar va boshqa jonzotlar rezervuarlari mavjud. Unda taxminan 120 mingdan ortiq dengiz hayvonlari – kitsimon akulalar, beluxalar (kitlar turi) va mantalar yashaydi. Bogʻda tez-tez bir necha haftalab davom etadigan dengiz mavzusiga oid koʻrgazmalar boʻlib oʻtadi. 

Foto: Unsplash

Marine Life Park (Sentos, Singapur) 

Marine Life Park (Dengiz hayoti) istirohat bogʻi ikkita hududga boʻlinadi: S.E.A. Aquarium va Adventure Cove Waterpark faolliklar hududi. Akvariumda 100 dan ortiq dengiz faunasining namoyandalari yashab keladi. Okeanarium suv osti dunyosining turli vakillari bilan birga,  bir necha zallarga boʻlingan. Dengiz bogʻi, delfin-afalinlar, bolgʻa-akulalar, skatlarning eng katta kolleksiyasi va kam uchraydigan gitara-skatlar hamda nautilus-mollyuskalari bilan mashhur. Shuningdek, bu yerda dunyoning hech qaysi okeanariumida uchramaydigan qazilma baliqlar mavjud.

Foto: Unsplash

Dubai Aquarium & Underwater Zoo (Dubay, BAA) 

Dubay okeanariumi oʻzining suv osti hayvonot bogʻi bilan kattaligi boʻyicha dunyoda uchinchi oʻrinni egallaydi. U mashhur Dubai Mallda joylashgan. Akvarium oʻz ichiga 33 mingdan ortiq dengiz hayvonlarini olgan.  Eng noodatiy va kamyob namoyandalar, bu – yoʻlbarsli, qumli va ulkan akulalar. Dubay okeanariumining qiziq takliflaridan biri bu – shisha tagli qayiqda sayr qilish. Ekstrimni sevuvchi sayyohlar esa, akula va skatlar bor suvda choʻmilishlari mumkin. 

Foto: Unsplash

Okinawa Churaumi Aquarium (Okinava, Yaponiya)

Churaumi Aquarium okeanariumi 1975-yilda ochilib, Yaponiyaning eng qadimgi okeanariumi hisoblanadi. Tarjima qilinganda “nazokat, goʻzallik” va “ummon” degan ma’noni bildiradi. Bogʻ hududida asosiy koʻrgazma paneli bilan 70 mingdan ortiq rezervuarlar mavjud. U yerda delfinlar, kasatkalar, lamantinlar, dengiz toshbaqalari, kitsimon akulalar va mantalar yashaydi. Shuning bilan bu yerda turli xil marjon riflarini koʻrish ham mumkin. 

Foto: Unsplash

Maqolani baham ko'ring

Related articles