Fenty Beauty Parijdagi Olimpiya o‘yinlarining hamkoriga aylandi
Brendning vizajistlari 600 nafar ko‘ngillini makiyaj qilishadi
Qo‘shiqchi Rihanna Instagram akkauntida o‘zining Fenty Beauty brendi Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari hamkoriga aylanganini e’lon qildi. Olimpiadaning ochilish va yopilish marosimlarida vizajistlar jamoasi 600 nafar ko‘ngilli hamda sportchilarni taqdirlashda ishtirok etuvchilar uchun xizmat qilishadi.
Olimpiada tashkilotchilari ta’kidlaganidek: "Olimpiada hamkori maqomi butun dunyo bo‘ylab eksklyuziv global marketing huquqlarini ta’minlovchi homiylikning eng yuqori darajasidir".