2GIS bilan Samarqand boʻylab gid xizmati

Tashrif buyurish kerak boʻlgan 18 ta manzil

23 Sen 2024
Foto: unsplash

Ming yillik tarixga ega boʻlgan dunyoning eng katta shaharlaridan biri qadimiy obidalari bilan oʻzi tomon koʻpgina sayyohlarni jalb etmoqda. “2GIS” har bir foydalanuvchi uchun, Samarqand boʻylab yoʻl koʻrsatuvchi boʻla oladigan loyihani ishga tushirmoqda.

Sharqning qudratli sulolalari, Chingizxon bosqini, Temurlang va uning mashhur nabirasi astronom Ulugʻbekning hukmronligi – bularning barchasi azim shaharning hargiz yodidadir.

Foto: unsplash

“2GIS” Samarqandda sayr etish uchun eng mashhur joylardan biri boʻlgan va tarixga yanada yaqinlashish mumkin boʻlgan, XV–XVII asrda barpo etilgan qadimiy “Registon” maydoniga tashrif buyurishni tavsiya etadi.
Maydon ansambli YUNESKOning butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Kun botganida bu yerda pastki chiroqlar yoqiladi va atrof-muhit arab ertaklarini yodga soladi.

Foto: unsplash

Registon maydonidan to bozorgacha “Bibi-Xonim” masjidini uchratish mumkin. Ushbu masjid 1404-yilda sarkarda Temurlangning eng suyukli ayollaridan birining sharafiga qurilgan. Temurning 18 ta rafiqasi boʻlgan. Temur bu masjid dunyoning eng katta masjidi boʻlishini istagan, ammo oʻsha davrning texnologiyalari tufayli u bunday natijaga erisha olmagan, masjid sekin-asta vayron boʻlishni boshlangan. Bugungi kunda “Bibi-Xonim” Oʻrta Osiyo boʻyicha eng katta masjid hisoblanadi: balandligi 12 qavatli uyning uzunligiga teng.

Shuningdek Samarqandda, oʻrta asrga mansub boʻlgan rasadxonani, Go‘ri Amir maqbarasini, gilam fabrikasini, oʻlkashunoslik muzeyi va O‘zbekistonning birinchi prezidenti nomi bilan atalgan Islom Karimov ko‘chasini koʻrish mumkin.

Foto: unsplash

Koʻpgina turistik joylarga kirish pullik. Narxlar 25 000 dan to 40 000 soʻmgacha aylanadi. Qadimiy shahar boʻyicha yanada koʻproq sirlarni “2GIS” ilovasi orqali bilib olish mumkin. Ilova yuklab olish uchun mavjud.

Sayt: 2gis.uz

Instagram: @2gisuzbekistan

Telegram: t.me/city_helpers_2gis

YouTube: @2GISvideo

Reklama huquqlari asosida.

Maqolani baham ko'ring

Related articles

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin