Adidas premium kolleksiyasi

Brendning mashhur mahsulotlari taqdim etildi

Foto: INSTAGRAM / ADIDAS

Adidas o‘zining eng mashhur mahsulotlari: Superstar krossovkalari, Firebird sport kiyimi va Airliner sumkasidan iborat premium to‘plamni ishlab chiqardi. To‘plamdagi barcha buyumlar Yevropaning yetakchi ustaxonalarining yuqori sifatli charmidan tayyorlangan bo‘lib, takomillashtirilgan versiyalardir. A-Type kolleksiyasiga uchbarg shaklidagi taqinchoqlar ham kiritilgan.

“Bizning ramziy modellarimiz sifatini oshirish va ularni premium darajaga ko‘tarish biz uchun juda muhim. Daromadlilik haqida qayg‘urmasdan, ijodga erkin yo‘l ochish”, – deydi Adidas Originals bosh direktori Torben Shumaxer.

Ilgari Adidas boshqa brendlar bilan hamkorlikda premium kolleksiyalarni chiqargan edi. Brend aytishicha, agar bu urinish muvaffaqiyatli bo‘lsa, A-Type’ni assortimentning doimiy qismiga aylantirish rejalashtirilmoqda.

 

Maqolani baham ko'ring

Related articles