Adidas va KoRn kolleksiya chiqardi

Musiqiy guruh bilan hamkorlikda

Fotо: Instagram / Adidasoriginals

Metal-bend KoRn debyut albomining 30 yilligi sharafiga Adidas brendi uchinchi qo‘shma to‘plamni chiqardi. U sport kostyumi, futbolka, xudi, golf, tout va KoRn bosmali qalpoqlardan iborat.

Brend kiyimlar bilan bir qatorda  qora charmdan yasalgan, guruh logotipi tushirilgan “Superstar” krossovkasining yangi modelini ham chiqardi.

Adidas x KoRn kolleksiyasidagi yangiliklarni 31-oktyabrdan onlayn xarid qilish mumkin bo‘ladi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles