«Agar u biron nima o‘qiyotgan bo‘lsa, u albatta ELLE boʻladi»: media-brend haqida bilishingiz kerak bo‘lgan barchasi shu yerda.

Dunyo bo‘ylab millionlab ayollar ELLE jurnalini optimistik va hayotga quvonchli nigoh borligi uchun qadrlashadi.

07 Iyun 2024

ELLE – Fransuz jurnalisti Elen Gordon-Lazareff tomonidan yaratilgan xalqaro ayollar mediasidir. Nashr sahifalariga 1945-yilning 21-noyabrida ilk bor qoʻl urilgan.  Jurnalda moda, goʻzallik, salomatlik, boʻsh vaqtni qanday oʻtkazish kabi mavzular yoritilgan. Aytish joizki, 1980-yillarning oʻrtalariga kelib, ELLE  xalqaro bozorni zabt etdi va har oy chop etila boshladi.  Birgina Fransiyada jurnalning chop etilish davriyligi har haftadaligicha qoldi. 

Jurnalning birinchi soni 24 sahifadan iborat bo‘lib, 15 frank turardi, bu esa hozirgi kunda 200 000 so‘mga teng. Unda moda, retseptlar va tikuvchilik naqshlari haqida hikoya qilingan.

Elen Lazareff fransuz nashriga amerikacha erkin fikrlash va kinoyani olib kirdi. 

Jurnal tahririyati  e’tiborni asosan, «boy parijlik ayol»ning xohish-istaklariga  qaratgan.  Unda yuqori moda tendensiyalari yoritilgan, Christian Diorning kolleksiyalari muhokama qilingan, lekin biroz vaqt o‘tib, prêt-à-porter liniyalari haqida materiallar ham paydo bo‘la boshladi. 

Tahririyatning asosiy maqsadi, ayollarga moda va goʻzallikka eksklyuziv va misli ko‘rilmagan darajada kirish imkonini taqdim etish boʻldi.

Oʻtgan asrning ikkinchi yarmiga kelib, ELLE moda olamida oʻz oʻrnini mustahkam egallab, oʻsha  vaqtda  Fransiyada jurnalning million nushasi sotilishiga muvaffaq boʻldi.

Va aynan shundan keyin “Agar u biron nima oʻqisa, u albatta ELLE boʻladi” shiori paydo boʻldi.

Jurnalning xalqaro tarqalishi AQSh va Buyuk Britaniyadan boshlandi va O‘zbekiston ELLE nashr etiladigan yana bir mamlakat qatoriga kirdi.

Jurnalda yoritilayotgan mavzular feminizm va ayollar huquqlariga oʻzgardi, ammo keyinchalik vaqt oʻtib, yana moda va goʻzallik industriyasi mavzusiga qaytildi. 

ELLE o‘z nashrlari orqali Jan-Pol Gotye, Issey Miyake va Azzedine Alaya eksperimentlarini qoʻllab-quvvatladi. 

1972-yilda Elen jurnalni tark etdi. Biroq,  uning goʻzallik, stil qarashlari, hayot tarzi, pozitiv nigoh gʻoyasi jurnalning sahifalarida haligacha aks etadi. 

Jurnalning ellik yilligi Vanessa Paradis ishtirokidagi yubiley soni bilan nishonlandi. O‘sha vaqtda, 1995-yilda, ELLE France birinchi jurnal veb-sayti maqomiga ega bo‘ldi va tez orada boshqa davlatlardagi jurnallar ham unga ergashdi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin