Alaia Parijda yangi ikki qavatli butik ochdi

Bino ichida kovorking va kafe mavjud

Фото: INSTAGRAM / MAISONALAIA

500 kvadrat metrdan ortiq maydon ichida Sant Ambroeus kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan kovorking va kafe joylashgan. Ilgari binoda Lanvin kompaniyasining bosh qarorgohi joylashgan bo‘lib, uni qayta qurish ishlari uch yil davom etgan.

Do‘kon brendning haqiqiy “uyi”ga aylanadi. Interyer yaponiyalik arxitektorlar Kadzuye Sedzima va Ryue Nishizava tomonidan yaratilgan, mebel va bezak buyumlarini esa dizayner Filipp Maluin ishlab chiqqan.

Maqolani baham ko'ring

Related articles