Angelina Jolie Tom Ford Beauty yuziga aylandi
Reklama kampaniyasidagi ilk mahsulot Runway Lip Color lab bo‘yog‘i bo‘ladi
Kino yulduzi Angelina Jolie Tom Ford Beautyning yangi yuziga aylandi. Tom Ford Runway Lip Color lab bo‘yog‘i aktrisa ishtirok etgan reklama kampaniyasidagi birinchi mahsulot bo‘ldi.
Ushbu yangi mahsulot brendning mavjud lab bo‘yoqlari o‘rnini egallaydi. Jami 18 ta rang taqdim etiladi – ularning 10 tasi Tom Fordning o‘ziga xos tuslari bo‘lsa, qolgan 8 tasi yangi ranglar bo‘ladi. Bunga qo‘shimcha ravishda, sakkiz xil tusda tayyorlangan Runway Lip Pencils lab qalamlari ham sotuvga chiqariladi.
Runway Lip Color lab bo‘yog‘i sentyabr oyida sotuvga chiqariladi.