Ann Kirby Chanel Fragrance and Beauty ijodiy direktorlik lavozimini tark etadi
U 35 yil davomida ushbu lavozimda ishlagan
Chanel Fragrance and Beauty ijodiy direktori Ann Kirby 2024-yil oxirida amaldagi lavozimini tark etadi. U 35 yil davomida bu lavozimda ishlagan.
“Uning rahbarligi ostida iforlar hamda go‘zallik bo‘limlari yuqori ko‘rsatkichlarga erishdi. Shu bilan birga butun dunyo bo‘ylab mahsulot takliflarini va tarqatishni rivojlantirish orqali ijod va innovatsiyalar madaniyatini mustahkamladi" – deyiladi Chanel bayonotida.
Avvalroq modalar uyi ijodiy direktor Virjini Viarning ketishini e’lon qilgan edi.