Anna Vintur Faxriy Kavaler ordeni bilan taqdirlandi

Ordenni unga qirol Karl III topshirdi

Photo: INSTAGRAM / WINTOURWORLD

Amerika Vogue jurnalining bosh muharriri Anna Vintur moda sanoatiga qo‘shgan hissasi uchun Faxriy Kavaler ordeniga sazovor bo‘ldi. Mukofotlash marosimi Bukingem saroyida o‘tkazildi va orden unga qirol Karl III tomonidan topshirildi.

Anna Vintur marosim uchun Alexander McQueen tomonidan yaratilgan kulrang, assimetrik pidjak va midi yubkadan iborat kostyumni tanladi hamda ko‘rinishini o‘ziga xos qora quyosh ko‘zoynaklari bilan to‘ldirdi. Qirollik protokoliga rioya qilib, Anna marosim boshlanishidan oldin ko‘zoynagini yechdi.

 

Maqolani baham ko'ring

Related articles