Apple iPhone 16 liniyasining taqdimotini o‘tkazdi

Premyera “It's Glowtime" (Porlash onlari) shiori ostida bo‘lib o‘tdi.

Fotо: Apple

9-sentyabr kuni Apple iPhone 16 smartfonlari va gadjetlarining yangi liniyasini taqdim etdi. Premyera It’s Glowtime shiori ostida bo‘lib o‘tdi. Shior “Siri” ovozli yordamchisi yoqilganda iPhone ekranining chetlarida paydo boʻladigan maxsus yoritish effektiga ishora qiladi. 

iPhone 16 smartfonlari Apple Intelligence texnologiyasi yordamida ishlaydi. Pro liniyasi katta displeylar, Camera control va ilg‘or innovatsion professional kamera xususiyatlarini taqdim etgan.  

Tadbirda, shuningdek, qayta dizaynlashtirilgan Apple Watch Series 10, Apple Watch Ultra 2, AirPods 4 va turli xil ranglardagi yangilangan AirPods Max USB-C quvvatlagich bilan birgalikda namoyish etildi. 

Fotо: Apple

Yangi iPhone 16 va iPhone 16 Plus Black (qora), White (oq), Ulrtramarine (ko‘kimtir), Teal (och yashil) va Pink (pushti) kabi ranglarda taqdim etiladi. Pro smartfonlari esa qora, tabiiy, oq va qum ranglarida bo‘ladi.

Fotо: Apple

Bundan tashqari, kompaniya o‘zining Instagram sahifasida xonanda The Weekndning iPhone 16 Proda sekinlashtirilgan effektda suratga olingan Dancing in the Flames roligi bilan ham bo‘lishgan.

   

Buyurtmalarni qabul qilish 13-sentyabrdan, smartfonlar savdosi esa 20-sentyabrdan boshlanadi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles