Area yangi ijodiy direktori
Lavozimga Nikolas Ebern tayinlandi

Area’ning yangi ijodiy direktori lavozimiga Nikolas Ebern tayinlandi.
“Nyu-York o‘zining jilovlanmagan energiyasi va jozibadorligi bilan meni har doim ilhomlantirgan. Area haqiqatan ham shu ruhni o‘zida mujassam etadi va men brendni o‘z ildizlariga qaytarish imkoniyatidan xursandman”, – dedi u.
Tayinlanishdan oldin Ebern Balenciaga Couture kompaniyasining yetakchi dizayneri lavozimida faoliyat yuritgan.