Artissima
Jahon rassomlarini Italiyada jamlash
Artissima Italiyadagi zamonaviy san’at olamidagi eng muhim voqealardan biridir. Unda ishtirok etish rassomlar uchun muhim bosqich bo‘lib, ularning innovatsiya va tajribalarga sodiqligini tasdiqlaydi. Ushbu yarmarka rassomlarning Yevropa va xalqaro miqyosda tan olinishini sezilarli darajada oshiradi, ularning kasbiy o‘sishi va muvaffaqiyatiga hissa qo‘shadi. Shuningdek, rassomlar, galereyalar va kolleksionerlar o‘rtasida mustahkam aloqalar o‘rnatishga imkoniyat yaratadi.
Artissima ishtirokchilarga o‘z ishlarini institutsional xaridlar uchun taqdim etish imkoniyatini beradi. Masalan, CRT fondi muntazam ravishda muzey kolleksiyalarini asarlar bilan to‘ldiradi, bu rassom uchun nufuzli yutuq hisoblanadi.
1-3-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan bu yilgi yarmarkada dunyoning turli mamlakatlaridan galereyalar ishtirok etadi. Qo‘shimcha ma’lumotlarni www.artissima.art rasmiy veb-saytidan topishingiz mumkin.
Yarmarka ishtirokchilari orasida iste’dodli rassom Aziza Kadyri ham bor. Uning har bir asari O‘zbekiston madaniy merosi bilan o‘ziga xos bog‘liqlikni aks ettiradi. U turli texnikalardan foydalanib, betakror jozibasi bilan ajralib turadigan asarlar yaratadi.
Aziza Kadyri: “Ushbu installyatsiya mening to‘qimachilik ishimni, shuningdek, sun’iy intellekt bilan suhbatlar mavzusidagi tadqiqotni o‘z ichiga oladi, unda syuzane sun’iy intellekt bilan “uchrashadi”. Uch o‘lchovli installyatsiyalar ham, ramkaga tortilgan to‘qimachilik ham hosil bo‘ldi. Hajmi kichikroq bo‘lishiga qaramay Berlinda taqdim etgan uch o‘lchamli haykaltaroshlik ishimni ham ko‘rgazmaga qo‘yishim ehtimoli bor. Bu ko‘rgazmaga meni Milandagi East Contemporary galereyasida bo‘lganimda taklif qilishdi. Men ushbu yarmarkada ishtirok etishni juda xohlayman, chunki bu mening faoliyatimdagi birinchi san’at yarmarkasi. Ushbu yarmarka juda konseptualligi bilan boshqalardan ajralib turadi”.
Aziza o‘z san’ati orqali O‘zbekistonning boy tarixi va madaniy an’analarini yetkazishga intiladi, bu esa uning asarlarini nafaqat vizual ta’sirli, balki chuqur ma’noga ega qiladi.