Autobiografia di una Borsetta Miu Miu

Brend qisqa metrajli film taqdim etdi

Foto: INSTAGRAM / MIUMIU

Bosh qahramoni model Wander bo‘lgan qisqa metrajli film bizga dunyoni sumka nigohidan ko‘rsatadi. Aktrisa turli joylarga boradi, egalarini almashtirib turadi va ularning hayotiga guvoh bo‘ladi.

Rejissyor Joanna Xoggning Autobiografia di una Borsetta (“Sumkaning avtobiografiyasi”) nomli qisqa metrajli filmini yaratishda do‘sti Jon Devid Rodsning kino rekvizitlari haqidagi kitobi ilhom manbai bo‘lgan:

“U turli xil filmlardan foydalanib, buyumlarning qanday qilib asosiy e’tibor markaziga chiqishini ko‘rsatadi. Masalan, Xichkokning “Arqon” filmida bir bo‘lak arqon va u bilan sodir bo‘layotgan voqealar haqida hikoya qilinadi. Bu meni Miu Miu olamida nima markaziy o‘rinni egallashi mumkinligi haqida o‘ylashga undadi”.

https://www.youtube.com/watch?v=JAFUnkmA86s 

 

Maqolani baham ko'ring

Related articles