Ayoldan ayollarga: Chloé kreativ direktori Chemena Kamali haqida eng asosiy firklar

Stajyorlik yo‘lini bosib o‘tib, shu bilan bir qatorda o‘zi va ayollik baxtini unutmagan holda fransuz modalar uyining rahbariga aylangan dizayner.

05 Iyun 2024

Londonning Central Saint Martins universiteti bitiruvchisi 2024-yilda fransuz Chloè sining rahbariga aylandi. Chemena Kamali bu lavozimga tayinlanmasidan oldin modalar uyining avvalgi kreativ rahbarlari – Phoebe Philo va Clare Waight Keller bilan ishlagan. Aytib o‘tish lozimki, uning stajyorlikdagi birinchi qadamlari aynan Phoebe qo‘l ostida bosilgan edi.

Bu buyuk lavozimga tayinlanishdan yetti yil oldin Chemena Saint Laurent’da Anthony Vaccarello bilan birga ayollar uchun tayyor kiyimlar bo‘limi direktori sifatida ishlagan. Ayni vaqtda u Gabriela Hearst o‘rnini egallamoqda – uning ilk ishlari yanvarda ko‘rgazma qilingan mavsumlararo kolleksiya va 2025-yil kuz-qish mavsumi uchun qilingan kiyimlar kolleksiyasi bo‘ldi.

Kamali o‘zining bu lavozimga tayinlashiga izoh berar ekan, uning yuragi hamisha Chloèga oid bo‘lganini ta’kidladi. Gaby Aghion va Karl Lagerfeld 1952-yilda boshlagan ishlarni rivojlantirish uning uchun katta sharaf ekanligini aytib o‘tdi.

Brend falsafasiga ko‘ra, Chloé ayollar tomonidan ayollar uchun yaratilgan. Dizaynerning oldida ish va shaxsiy hayot o‘rtasidagi nozik chegarani saqlagan holda, an’analarni avlodlarga yetkazish, shunchaki ayollarni kuzatib, ulardan ilhom olish va ular uchun maxsus kiyimlar yaratish vazifasi turar edi. Haqiqatan ham, u bu vazifani munosib ravishda bajardi: so‘nggi ko‘rgazmadan keyin u olqishlar ostida o‘g‘lini quchoqlab, unga alohida e’tibor qaratdi.

«Men o‘ylaymanki, ayollar, ayniqsa, karyerasini ancha rivojlantirib olgan ayollar erkak dizaynerlar duch kelmaydigan qoshimcha qiyinchiliklarga uchraydilar. Oila qurish yoki qurmaslik qarori ayolning karyerasiga erkakning karyerasiga qaraganda ko‘proq ta’sir qiladi», – dedi Chemena.

Dunyo sahnasida modalar uyining rahbarlik pozitsiyalarini aynan erkaklar ko‘proq egallaydi. Ayollar uchun bunaqa cho‘qqilarga erishish har doim qiyin bo‘lib kelgan. Ammo Chloèdagi Karl va uning davriga bo‘lgan samimiy muhabbatni yashirmagan holda Chemena avvalgi ajdodlarga ham alohida hurmat saqlaydi. U Gabriela Hearstdan atrof-muhitga g‘amxo‘rlik qilishni o‘rgandi. Chemena ayollarning turli avlodlarini birlashtirgan Chloèning iliq va katta qalbini tashkillashtirishni o‘z vazifasi sifatida ko‘radi.

Uning debyut kolleksiyasida bohem estetikasiga va yengil matolarga bo‘lgan sevgi ko‘rinadi. Krujeva bilan keng paxtali shimlar, teri kurtkalar va aviator ko‘zoynaklari bilan birga hamohanglik seziladi. Bu liboslarda moda uyining har bir kreativ direktorining hissasi bor: Phoebening behudalik jozibasi, MacGibbonning oshkora o‘ynoqligi va Lagerfeld davrining siluetlari.

2024-yil may oyida Chemena Met Galada o‘zining ilk kolleksiyasini namoyish qildi. Chloè obrazlari sifatida sahnada Sienna Miller, Emma Mackey, and Zoë Saldana paydo bo‘lishdi. Ularning har biri ilk kolleksiyaning motiviga mos ravishda rüflar va dantellar bilan bezatilgan yengil siluetlarda namoyon bo‘lishdi.

Fransuz modalar uyining yangi rahbari har qanday yoshdagi ayollarni qo‘llab-quvvatlash va ularni madh etishni va’da qilmoqda, Chemena Kamali esa Chloé vazifasining mohiyatini o‘zida mujassam etadi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin