Aziz Shohakimovning konserti bo‘lib o‘tdi
San’at olamidagi afsonaviy voqea

Toshkentda Aziz Shohakimov va “Tekfen” filarmoniya orkestrining uzoq kutilgan konserti bo‘lib o‘tdi.
Shohakimov 2017-yildan buyon boshqarayotgan mashhur dirijyor va “Tekfen” orkestri ijro mahoratining eng yuqori darajasini namoyish etib, tinglovchilarni asarlarning jarangdorligi va mukammal talqini bilan maftun etdi.