Azukar Moreno barqaror moda chizig‘ini namoyish etdi

Va yangilangan logotipni taqdim etishdi.

13 Iyun 2024

Azukar Moreno Londonda barqaror modaga sodiqlik urg‘usi bo`lgan jonli kolleksiyani taqdim etdi. Brend sanoat va sintetik matolardan jadal ravishda voz kechmoqda, shuning uchun ham ushbu liboslarda Marg‘ilondagi dizayner Kamola Rustamovaning mualliflik xohishiga ko'ra yaratilib qo‘lda bo‘yalgan vintaj matolardan foydalaniladi.

To'plam kundalik va kechki ko‘rinish uchun yaratilgan modellardan iborat. Ular detallarga ehtiyotkorlik va e'tibor bilan yaratilgan bo‘lib, barqaror moda falsafasini va an’analarga hurmatni aks ettiradi. Jonli ranglar - brendning ruh va energiyasini o‘zida mujassam etgan.

Endilikda bu chiziq yangilangan logotipga ega - u shakar qandini ifodalaydi. Unda oʻzbek anʼanaviy ikat ornamenti va adras naqshining elementlari saqlanib qolgan. Bunga ko‘ra  logotipni madaniy meros ramzi deb atash mumkin.

Logotipda yetti osmon, yetti qavat yer, yetti avlod otalar va bobolar, haftaning yetti kuni ramzi bo‘lgan yetti chiziq, shuningdek, sharq madaniyatida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan 7 raqami aks etgan.

Azukar Moreno to‘plami brend saytida va showroomda mavjud.

Maqolani baham ko'ring

Related articles