BAFTA 2025

Kinomukofot yulduzlarining ko‘zni qamashtiruvchi taqinchoqlari

19 Fev 2025
Foto: Bvlgari matbuot xizmati

Londonda Britaniya kinoakademiyasi BAFTA mukofotining 78-marosimi bo‘lib o‘tdi, unda Gollivudning eng mashhur yulduzlari qizil yo‘lakda jamlandi.

Bvlgari’ning BAFTA mukofotini qo‘llab-quvvatlashi kino san’atidagi ajoyib yutuqlarga sodiqligini ko‘rsatdi. Anna Kendrik, Kaya Skodelario, Monika Barbaro, Izabella Rossellini Londondagi Qirollik festivali zalining qizil yo‘lagida Rim zargarining oliy zargarlik san’ati taqinchoqlarida ko‘zni qamashtirardilar.

Foto: Bvlgari matbuot xizmati

Foto: Bvlgari matbuot xizmati

Foto: Bvlgari matbuot xizmati

Ertak malikasi qiyofasidagi Ariana Grande Napoleon Bonapartning birinchi rafiqasi Jozefina Bogarnega bag‘ishlangan Chaumet’ning “Josephine” kolleksiyasidan oq oltin, olmos va marvariddan yasalgan taqinchoqlarni tanladi. Felisiti Jons, Kelli Ruterford va Letisiya Rayt ham Chaumet ijodiga mansub ziynatlarda yaraqlab, jahon kinosi tadbiriga yanada ko‘proq uslub va nazokat baxsh etdilar.

Foto: instagram/chaumetofficial

Foto: instagram/chaumetofficial

Foto: instagram/chaumetofficial

Foto: instagram/chaumetofficial

Demi Mur marosimga De Beers “Essence of Nature” oliy zargarlik san’ati kolleksiyasi taqinchoqlarida keldi. Aktrisa Interlace Ear Cuff va Ear Climber kaff ziraklarini, shuningdek, 2,15 qirrali to‘q sariq rangli oval olmos o‘rnatilgan Interlace Bracelet bilaguzugini taqdi. Taqinchoqlarda oq olmoslar bilan bezatilgan iplar bir-biriga o‘ralgan bo‘lib, ularga osilib turgan sariq ishlov berilmagan olmoslar bilan bezatilgan.

Foto: instagram/debeersofficial

Foto: instagram/debeersofficial

Foto: instagram/debeersofficial

Eng yaxshi ikkinchi plandagi ayol roli uchun mukofotni qo‘lga kiritgan Zoe Saldana “High Jewellery Essence of Nature” kolleksiyasidan De Beers olmos taqinchoqlarini taqdi. Embrace marjoni oq oltin, zaytun rangidan olma rangigacha bo‘lgan qimmatbaho toshlar, qirralanmagan olmoslar, gagatdan yasalgan va 2,90 karatli oval oq olmos bilan bezatilgan.

Foto: instagram/debeersofficial

Foto: instagram/debeersofficial

“Anora” filmidagi roli uchun mukofotga sazovor bo‘lgan Mayki Medison Prada maxsus libosini umumiy og‘irligi deyarli 4 karat bo‘lgan Tiffany & Co. arxiv marjoni bilan bezadi. Olmosli ziraklar va og‘irligi 12 karatdan ortiq bo‘lgan yostiqsimon qirrali uzuk nafis va nozik qiyofaning ko‘zga tashlanuvchi unsurlariga aylandi.

Foto: instagram/tiffanyandco

Foto: instagram/tiffanyandco

Foto: instagram/tiffanyandco

Sintiya Erivo Britaniya kino akademiyasining 78-mukofot marosimida Louis Vuitton libosini va Tiffany & Co arxiv taqinchoqlarini namoyish etdi. Sintiya olmos va zumrad bilan bezatilgan bilaguzuk va ziraklarni 16 karatdan ortiq yashil zumrad turmalinli Tiffany High Jewelry uzugi bilan to‘ldirdi.

Foto: instagram/tiffanyandco

Foto: instagram/tiffanyandco

Foto: instagram/tiffanyandco

Foto: instagram/tiffanyandco

Selena Gomez tadbirga XX asr o‘rtalariga oid Tiffany & Co. kolleksiyasining olmos taqinchoqlarida tashrif buyurdi. Selena noksimon olmosli ziraklar va murakkab naqshli olmos bilaguzuklarni 10 karatdan ortiq bo‘lgan yumaloq olmosli 18 karatli oq oltindan yasalgan Tiffany High Jewelry uzugi, shuningdek, platinadan yasalgan olmos novdali Tiffany Victoria uzugi bilan to‘ldirdi.

Foto: instagram/tiffanyandco

Foto: instagram/tiffanyandco

Foto: instagram/tiffanyandco

Foto: instagram/tiffanyandco

Foto: instagram/tiffanyandco

Maqolani baham ko'ring

Related articles