Balenciaga Parijda “The Subtleties of a Dialogue” ko‘rgazmasini ochdi

Ekspozitsiyaga Cristóbal Balensiagaʼning arxiv tasvirlari va Demna’ning kutyur tasvirlari kiritilgan

Fotо: Instagram / Kering_official

Balenciaga modalar uyi Parijdagi Kering kompaniyasida “The Subtleties of a Dialogue” (“Suhbatning nozik jihatlari”) ko‘rgazmasini ochdi. Ekspozitsiyaga brend asoschisi Cristóbal Balensiagaʼning arxiv tasvirlari va hozirgi ijodiy direktor Demna’ning kutyur obrazlari kiritilgan.

Ko‘rgazma brendning yangi asarlarini afsonaviy ispan kutyuryesining arxiv siluetlari bilan birga o‘z ichiga oladi. Namoyish o‘z vaqtida Cristóbal’ni inqilobchi va kashshof deb hisoblashgani, hozir esa bu rolni Demna ijro etayotgani haqidagi bog‘liqlikni ko‘rsatib berdi. 

 

Makon oltita mavzuga bo‘lingan: "Yoqa," "Yenglar," "Qumli soatlar silueti," "Qora rang" va "Dialoglar" deb nomlangan bo‘lim, unda brendning ikkita asosiy ijodiy direktori obrazlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqqoslanadi.

European Heritage Days loyihasining 41-nashri sharafiga ko‘rgazma 21 va 22-sentyabr kunlari Parijda Kering kompaniyasida bepul tashrif buyurish uchun ochiq bo‘ladi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles