Bella Hadid Chopard brendining global ambassadori etib tayinlandi
Reklamada model yangi to‘plamni namoyish etadi

Chopard zargarlik uyi model Bella Hadid uning yangi global ambassadori etib tayinlanganligi haqida e’lon qildi. Alasdair McLellan birinchi reklama kampaniyasi suratlarining muallifi bo‘ldi.

Fotо: Instagram / Bellahadid
Kompaniyaning ijodiy direktori va hamraisi Caroline Scheufele’ning aytishicha, Bella Chopard brendi ruhini - “yengil nafislik va hayotsevarlik mutanosibligini” o‘zida aks ettiradi.