Beyonce “Cé Lumière” atirini ishlab chiqaradi
Iforni oldindan buyurtma qilish mumkin
Xonanda Beyonce “Cé Lumière” deb nomlangan yangi atir ishlab chiqaradi. Ifor ohangi qora qalampir va mandarin, yasmin va rovoch bilan aralashgan notalar bilan jaranglaydi.
Parfyum yaratish uchun ilhom manbai qo‘shiqchi Cowboy Carter’ning kantri albomi bo‘ldi. Aynan shunga shisha idishning oltin-cho‘l rangi orqali havola qilingan. 2023-yilda Beyoncé “Renaissance” albomining chiqarilishi sharafiga “Cé Noir” iforini yo‘lga qo‘ydi. U so‘nggi 10 yil ichida xonanda turkumidan joy olgan ilk parfyumeriya bo‘ldi.
Cé Lumière‘ga AQSH va Kanadadagi rasmiy veb-saytda oldindan buyurtma qilish mumkin. Yetkazib berish noyabr oyida boshlanadi.