Beyonse Los-Anjelesdagi yong‘inlarda jabrlanganlarga 2,5 million dollar xayriya qildi

Bu haqda uning BeyGood Foundation jamg‘armasi xabar berdi

Foto: INSTAGRAM / BEYONCE

2013-yilda qo‘shiqchi BeyGOOD jamg‘armasiga The Mrs. Carter Show World Tour musiqiy gastrollari paytida asos solgan. Tur davomida xonanda dunyoning 30 dan ortiq mamlakatini kezib chiqdi va mahalliy xayriya tashkilotlari bilan shartnomalar tuzdi.

Jamg‘arma eng ko‘p zarar ko‘rgan Oltaden va Pasaden tumanlaridagi oilalarga mablag‘ ajratadi. Bundan tashqari, BeyGood Foundation o‘z kuchlarini cherkovlar va jamoat markazlarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiradi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles