Bezaklar shiviri

Qirollik taqinchoqlarida yashiringan ramzlar va hikoyalar

19 Yan 2025
Foto: Instagram/mertaslanfashion

Qizig‘i shundaki, zargarlik san’ati olamiga nozik, teran, ko‘pincha ko‘zga ko‘rinmaydigan, ammo shu qadar ahamiyatli timsollar kirib keladi. Bezaklar har doim oddiy aksessuarlardan ko‘ra ko‘proq ma’noga ega bo‘lgan. Ular hikoyalar, oilaviy afsonalar, madaniy kod va an’analarning tashuvchilari bo‘lib, ular qimmatbaho toshlar yaltirog‘i va metall bukilishlarida shifrlangan. Bu, ayniqsa, har bir bezak hokimiyat, sevgi va xotira haqida gapiradigan til bo‘lgan qirollik oilalarida seziladi.

Qadimdan qimmatbaho toshlar hokimiyat va boylikni ifodalaydi, diplomatik sovg‘alar bo‘lib xizmat qilgan va oilaviy rishtalarni mustahkamlagan. Qirollik xazinalari avloddan avlodga o‘tib, tarixiy voqealar va egalarining shaxsiy dramalarini o‘z ichiga olgan. Bu nafaqat go‘zallikni, balki ma’noni ham o‘tmishdan hozirgi kunga yetkazib, davrlarni birlashtiruvchi tildir.

Davrlar o‘rtasidagi ko‘prik

Qadimdan zeb-ziynat hashamatdan ko‘ra ko‘proq ahamiyatga ega bo‘lgan. Ular hokimyat timsoliga aylangan: monarxlarning javohirlari ularning taxtga ilohiy huquqi belgisi bo‘lib xizmat qilgan. Yevropa monarxiyalarida taqinchoqlar taxt o‘yinida kim kimligi haqida so‘zlaydi.

Masalan, Buyuk Britaniyada taqinchoqlar hukmdorlar bilan chambarchas bog‘liq. Ko‘plab qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan Avliyo Eduard toji nafaqat hokimiyat ramzi, balki millatga berilgan o‘ziga xos va’dadir. “Xizmatingizga tayyorman”, deydi u va toshlar aks sado berib, bu xabarni asrlar osha yetkazadi.

Foto: instagram/telegraphroyals

Qirolicha Yelizaveta II ning zarang bargi shaklidagi to‘g‘nag‘ichi esa Kanadani qo‘llab-quvvatlashining nozik belgisidir. Bezak diplomatiyaning ramzi bo‘lib xizmat qildi.

Foto: instagram/britishroyaljewels

Sevgi

Taqinchoqlarda sevgi hikoyalari mujassamlashgan. Bunga malika Diana uzugi misol bo‘la oladi, unda ko‘k yoqut uning samimiyligini ifodalasa, atrofidagi olmos ko‘zlar esa u dunyoga hadya etgan sof nurni aks ettiradi.

Foto: instagram/familiarealbritish

Vindzor gersoginyasining bilaguzuklaridagi o‘yma naqshlar munosabatlarning sirli kundaligi vazifasini o‘tagan. Faqat ikki kishigagina ma’lum bo‘lgan sanalar va so‘zlar shaxsiy tarixni yaratadi, buni faqat ularni bilagida taqib yurgan kishilargina tushuna oladi. Bu o‘qib bo‘lmaydigan, ammo doimo o‘zi bilan olib yuriladigan xatdir.

Jozefina Bonapartning marvaridga bo‘lgan muhabbati esa – dunyoga donishmandlik va ichki erkinlik haqidagi uzluksiz xabardir.

Chaqiriq

Ba’zida taqinchoqlar egalaridan ko‘ra ko‘proq ma’no anglatadi. Farzandlarining surati tushirilgan bilaguzuklarni taqib yurgan qirolicha Viktoriya siyosiy to‘qnashuvlar qurshovida bo‘lsa-da, avvalo ona ekanligini namoyon etardi.

Foto: instagram/queen.victoria.roses

Zamonaviy dunyo bu an’anani davom ettirmoqda. Masalan, qirolicha Kamillada abadiylik va yangilanish ramzi hisoblangan zumradli tojlarni ko‘rish mumkin. Kembrij gersoginyasi esa o‘tmish bilan kelajak o‘rtasida ko‘prik vazifasini o‘taydigan taqinchoqlarni tanlaydi.

Foto: instagram/britishroyaljewels

Bezaklarning ramziyligi qirollik xazinalari tarixni qanday aks ettirishi haqida so‘zlaydi. Qimmatbaho taqinchoqlar modaning o‘tkinchi, ma’noning esa abadiy ekanligini eslatib turadi. Ularning shivirlashi bizning bugunimizni shakllantirgan o‘tmish bilan muloqotga chorlaydi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles