Birinchi Markaziy Osiyo urban-forumi

Toshkentda dunyo reytingida TOP-100 talikka kirgan xorijlik urbanistlar va arxitektorlar forumi o‘tkaziladi.

Foto: O‘zbekiston yosh me’morlar birlashmasi tomonidan taqdim etildi

Toshkentda Markaziy Osiyo urban-forumi 26-sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Ushbu tadbir uzoq-yaqindagi xorijiy mamlakatlardan tashrif buyuruvchi dizaynerlar, me’morlar va urbanistlarni bir markazga jamlashi kutilmoqda. Spikerlar safida Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonning turli shaharlaridan me’morlar, Britaniya Qirollik me’morlar institutining “100 nafar faol ayol me’mor” reytingiga kirgan mutaxassislar, yetakchi developerlik kompaniyalari, dizayn byurolari va tegishli yo‘nalishlardagi talabalar ham bor.

Forum tashkilotchisi – O‘zbekiston yosh me’morlar birlashmasi. Yosh assotsiatsiyaning dastlabki yig‘ilishini o‘tkazish va urbanizmning dolzarb muammolarini ekspertlar davrasida muhokama qilish uchun Toshkentni birlashish nuqtasiga aylantirish g‘oyasi bir yildan ortiq vaqt davomida faol muhokama qilindi. Pirovardida bu tashabbus sohani bosqichma-bosqich rivojlantirish yo‘lidagi qo‘shma amaliy harakatlar rejasiga aylandi.

Shu tariqa, arxitektura, dizayn va urbanistika ekspertlari jam bo‘ladigan joy aynan Toshkent xaritasidan tanlandi. Tadbirning asosiy ishtirokchilari orasidan esa yosh me’mor qizlarimiz Taxmina Turdialiyeva, Ranay Utkelbayeva, Aziza Popova kabi iste’dodlar joy olishdi.

Tahmina Turdialiyeva. Foto: O‘zbekiston yosh me’morlar birlashmasi tomonidan taqdim etildi

Forumni o‘tkazish g‘oyasi texnologiyalarning rivojlanishi va shaharlarning kengayishi bilan bog‘liq masalalarni hal qilish talabini ko‘targan qurilish sohasidagi katta o‘zgarishlar fonida yuzaga keldi.

Mustaqil jamoatchilik qarori bilan forumdagi ochiq muloqotda davlat organlari, xususiy sektor hamda arxitektura, qurilish, ekologiya va raqamli texnologiyalar sohasidagi mutaxassislarni ham birlashtirish rejalashtirilgan. Bunday birlashuv, ayniqsa, iqlim o‘zgarishi sharoitida uy-joy obyektlarini qurish va shu bilan bog‘liq muammolarni hal qilishdagi qiyinchiliklarga eng maqbul yechimni topishga imkon beradi. Bundan tashqari, bu qurilish sohasi va mamlakat iqtisodiyoti uchun muhim bo‘lgan ushbu yo‘nalishda xususiy sektorni rivojlantirish tabiat, O‘zbekiston hukumati, biznes olami va aholining qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlaydigan me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha takliflarni tayyorlashga yordam beradi.

Biz Toshkentni sevamiz va uning yangilanish jarayonlarida ishtirok etishni istaymiz. Bu shaharni avvalo o‘zimiz sevsakkina, keladigan mehmonlarni ham uni mehr bilan qabul qilishga o‘rgatishimiz mumkin”, – deya ta’kidlamoqda Yosh me’morlar birlashmasi jamoasi.

Biz shaharlarimiz va aholi punktlarimiz taqdiri uchun chinakamiga jon kuydiradigan, mamlakatimiz va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari fuqarolarining hayoti va farovonligi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga ishtiyoqi bor bo‘lgan barcha insonlarni hamkorlikka va bo‘lajak forumda ishtirok etishga taklif etamiz.

Maqolani baham ko'ring

Related articles

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin