BLOOM – High Town’da

Sakkizinchi go‘zallik filialining ochilishi

Yangi High Town savdo markazida 15-fevral kuni sakkizinchi BLOOM go‘zallik do‘konining ochilishi bo‘lib o‘tdi. Ochilish marosimiga boshlovchilar, raqs chiqishlari, tasma qirqish va ko‘plab qiziquvchilarning tashrifi tantanavorlik baxsh etdi.

Musiqa, boshlovchilar va umumiy muhit iPhone 16 Pro, shuningdek, Dyson stayleri, Dyson feni va 25 ta go‘zallik qutisi bosh sovrin bo‘lgan tanlov va o‘yinlarda qatnashishga undardi.

 

Do‘konlar tarmog‘i hammuassisi Sevara Abdullayeva biz bilan o‘z taassurotlarini o‘rtoqlashdi:

“Biz bu ochilishni uzoq kuttik, uni o‘tgan yili o‘tkazishni rejalashtirgan edik. Ikki mingta brend namoyish etilgan ikki yuz kvadrat metrlik maydonda professional maslahatlar bera oladigan tajribali maslahatchilarimiz bor. Koreys kosmetikasining keng assortimenti taqdim etilgan. Ham premium, ham arzon narxdagi brendlar mavjud. Biz yirik kosmetika do‘konlari bo‘lmagan Yunusobodda ochilganimizdan xursandmiz va umid qilamizki, bu hududda yashovchi qizlarga mahsulotlarni tanlash va o‘z go‘zalliklarini ta’kidlash osonroq bo‘ladi”.

 

Teri parvarishi, pardoz va staylingga tayyorlash bo‘yicha mahorat darslari o‘tkazildi.

Nurjan Yeraliyev, L’Oréal brendlari texnologi:

“Bugungi mahorat darsimizda soch turmaklashdagi sirlarni ochib beramiz. Vositalarni tanlashda yordam beramiz, o‘zingizga ajoyib turmak qilishni ko‘rsatamiz. Stayling vositalaridan to‘g‘ri foydalanish, ular yordamida qanday natijalarga erishish mumkinligi bilan tanishtiramiz. Bu men ishtirok etayotgan birinchi ochilish emas, har safar tadbirning bir qismi bo‘lish juda yoqimli”.

Tashrif buyuruvchilarga BITMOJI apparatida yuz terisini tekshirish va kamchiliklarni aniqlash, terining ehtiyojlariga muvofiq parvarish vositalarini tanlash imkoniyati berildi.

 

Kosmetika do‘koniga tashrif buyurganlar o‘z fikrlarini biz bilan o‘rtoqlashdilar:

Feruza, kosmetolog:

“Men o‘zim uchun har doim Bloom Beauty Shop’dan parvarish kosmetikasini xarid qilaman. Mijozlarimni esa ushbu do‘konlar tarmog‘iga yo‘naltiraman, shunda ular tasdiqlangan brendlardan foydalangan holda parvarish mahsulotlarini sotib olishadi va o‘z terisi uchun g‘amxo‘rlik qilishadi”.

 

Shahzoda, ta’sir doirasiga ega bloger:

“Har safar assortimenti, yangi mahsulotlari bilan hayratda qoldirishda davom etayotgan Bloom Beauty Shop do‘konlar tarmog‘ining ochilishida qatnashish yoqimli. Menga bu filial yorug‘ligi, keng maydon va qulay avtoturargoh mavjudligi yoqadi”.

Do‘konning ochilishi ajoyib va ko‘tarinki muhitda o‘tdi, ko‘pchilik do‘konning keng assortimenti va qulay joylashuvidan mamnunligini bildirdi.

 

Fotograf: Stanislav Boyko

Maqolani baham ko'ring

Related articles