Boho-hashamat: etnika va yengillik

Eng zamonaviy qalb egalarini zabt etadi

07 Iyul 2024
Foto: SPOTLIGHT

Bahor-yoz mavsumining eng jozibali tendensiyalaridan biri bu hozirda nafaqat trend, balki moda ixlosmandlarining javonlarida, kiyimlarida aks etgan uslubga aylangan desak ham adashmaymiz. Boho-hashamat bu – qulaylik va yengillik, romantik kayfiyat haqidadir.

Foto: SPOTLIGHT / Zimmermann

Foto: SPOTLIGHT / Zimmermann

Etnik ohanglar turli xil matolarga o‘tadi va bulardan boho uslubiga xos elementlar yaratiladi. Juda ko‘p ryushlardan (chiroyli bezaklar) tikilgan shaffof bluzkalarni yengil zig‘ir matoli shimlar yoki jinsilar bilan ham uyg‘unlashtirsa bo‘ladi. Uchirma yengil ko‘rinishdagi fasonlar bo‘lgani uchun ular yozning eng jazirama kunida ham tanaga yuqori darajadagi qulaylikni beradi va eng asosiysi, havo o‘tkazadi.

Foto: SPOTLIGHT / Chloe

Foto: SPOTLIGHT / Zimmermann

Boho uslubi etnik, floristik, tabiiy bezaklarni o‘z ichiga oladi. Kashtado‘zlik va chiroyli bezaklarga (ryush) qo‘shimcha tarzda shokilani ham kiritishimiz mumkin.

2024-yilning bahor-yoz mavsumida boho uslubiga Chloe, Christian Dior, Isabel Marant uylari o‘z e’tiborlarini qaratdilar. Dizaynerlar charm kamarli ko‘ylaklar, keng yubkalar yaratdilar. Obrazlar kovboy etiklari, shokila elementlari va katta aksessuarlar bilan to‘ldirildi. ELLE boho-hashamat uslubida yaratilgan bir nechta obrazlar namunalarini to‘pladi.

Foto: SPOTLIGHT / Zimmermann

Foto: SPOTLIGHT / Zimmermann

Foto: SPOTLIGHT / Chloe

Foto: SPOTLIGHT / Zimmermann

Maqolani baham ko'ring

Related articles