Boshdagi shamol

Nega plyaj jingalaklari yozning eng yaxshi turmagi hisoblanadi?

15 Iyul 2024
Foto: SPOTLIGHT / HORROR VACUI

To‘lqinlar uzra yuguruvchi

O‘tgan yoz moda olamiga bostirib kirgan Mermaidcore trendi hanuzgacha podiumlardan chekingani yo‘q. Aksincha, trend o‘z ko‘rinishini qisman o‘zgartirib, bizning kundalik hayotimizga, javonimizga va pardoz qutichamizga kirib keldi. Ko‘pgina “korlar” (“core” – biror uslubning asosini tashkil etuvchi elementlar) – bu mini-trendlar bo‘lib, ular moda to‘lqinida bir necha oy ko‘rinib, bir zumda g‘oyib bo‘ladilar. Ammo “suv parisi kor” (rusalkakor) uslubi bilan bu holat ro‘y bermadi. Buni anglash juda oson. Suv parilari ko‘plab madaniyatlarda go‘zallik timsoli sifatida qaraladi. Darhaqiqat, afsona va ertaklarda ular har doim ham ijobiy qahramon sifatida gavdalantirilmaydi, ammo hamisha jozibali ko‘rinishda tasvirlanadi. Odissey dengizchilarini o‘z to‘riga tortgan shirin ovozli  sirenalar, Hans Kristian Andersenning kichik go‘zal suv parisi,  Genrix Geynening  Loreleisi – san’atda, adabiyotda va folklorda bu kabi misollar juda ko‘p uchraydi va albatta ular ayol jozibasi bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi.

Foto: SPOTLIGHT / SKODA

Go‘zallikni ko‘rsatamiz

Suv parilarning asosiy bezagi – bu ularning uzun sochlaridir. Qalin, yaltiroq sochlar shamolda biroz to‘zg‘igan ko‘rinishda yoki nam bo‘lib, to‘kilib turishi mumkin. Odatda esa bu uzun jingalak sochlar yelkaga tartibsiz tushib turishi orqali yuzga chiroyli shakl beradi. Bu ko‘rinish Uyg‘onish davridan (Botticelli “Veneraning tug‘ilishi”ni eslasangiz) to 70-yillarning hippi estetikalarigacha bo‘lgan davrlarni o‘z ichiga olgan.

Mazkur soch turmagi nafaqat ma’budalar va “gul farzandlari”ga (1960-yillarda hippilar), balki oddiy go‘zallarga (ayollar nazarda tutilgan) ham yarashadi. “Dengiz jingalaklari” soch turmagi ipakli toplar, burmali bluzalar va yengil ko‘ylaklar kabi yozgi liboslar  bilan juda mos keladi.

Foto: SPOTLIGHT / ODEEH

Yengil harakatlar bilan

 Ushbu soch turmagini qilishda sizga katta tishli taroq va tarkibida dengiz tuzi bo‘lgan sprey kerak bo‘ladi. Bundan tashqari hozirda yana urf bo‘layotgan soch turmagi vositasi – soch uchun ko‘pik ham asqatishi mumkin.

Sochlaringizni qismlarga bo‘lib, soch turmagi vositasini surting. Keyin esa ularni soch bo‘ylab qo‘llaringiz yordamida tarang va yengil silkiting. Soch uchun lakdan, yaxshisi, umuman foydalanmagan ma’qul yoki hech bo‘lmasa, minimal daraja ishlatish kerak. 

Agarda sochlaringiz tekis bo‘lsa, Dyson fenidan yoki jingalak qilish uchun maxsus shakl (yoki taroqlariga) ega soch turmagi uchun maxsus uskunalari bor fendan foydalanishingiz mumkin. Soch turmagingiz uzoqroq turishi uchun kun davomida kamroq tarashga va iloji boricha qalin bo‘lmagan bir qatorli taroqdan foydalanishga harakat qiling.

Foto: SPOTLIGHT / ODEEH

Еffortless chic (Tabiiy nafislik)

“Uch soat vaqtingizni ketkazgan tartibsiz jingalak?” iborasini eslaysizmi? Kechki bazm uchun qilinadigan pardozdan ko‘ra, “pardozsiz pardoz”ni qilish mushkul bo‘lgani kabi, tartibsiz jingalaklar soch turmagini qilish ham alohida qobiliyat talab etadi. Bunda soch turmagi bilan oshirib yubormaslik, parik (sun’iy soch turmagi)ni eslatuvchi – bir xil tekislikdagi ideal jingalaklar qilmaslik kerak.

Dengiz to‘lqinlari ko‘rinishidagi soch turmagini yaratayotganda turmak effortless chic (tabiiy nafislik) uslubida bo‘lishi juda muhimdir. Sochlarning ko‘rinishi xuddi yaqinda plyajdan qaytgandek biroz tartibsiz bo‘lishi kerak.

Foto: SPOTLIGHT / ODEEH

Foto: SPOTLIGHT / TREY

Soch turmaklarini bezash usuli, ayniqsa yozgi tadbirlar uchun juda mos keladi. 2025-yil bahor va yoz ko‘rgazmasida modellar soch turmagini bezashda gullar, tasmalar va matodan qilingan aksessuarlardan foydalanildi.

Podiumdagi chiqishlarda mazkur trend tobora ommalashib borayotgani va dizaynerlar o‘z ishlarida yengillik va nafislikni targ‘ib qilishayotganligini ko‘rishimiz mumkin va biz ularni qo‘llab-quvvatlaymiz!

Foto: SPOTLIGHT / TREY

Maqolani baham ko'ring

Related articles

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin