Bottega Veneta “Bottega for Bottegas” loyihasining to‘rtinchi seriyasini taqdim etdi
U Venetsiya hunarmandlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan
Bottega Veneta modalar uyi “Bottega for Bottegas” loyihasining to‘rtinchi seriyasi – mavsumiy hunarmandchilik buyumlari ko‘rgazmasini namoyish etdi. Bu yilgi tanlovda Venetsiyadan kelgan oltita hunarmand va ustaxonalar o‘z ishlarini taqdim etmoqda.
Qariyb yarim asrdan beri rang-barang yog‘och pazllari ishlab chiqarayotgan do‘kon – Signor Blum; zamonaviy uslubda qayta talqin qilingan muron shishasidan idish-tovoqlar ishlab chiqaruvchi ustaxona – Laguna~B; qumli qoliplarga quyish usuli bilan jez va bronzadan buyumlar ishlab chiqaradigan so‘nggi quyma fabrika – Fonderia Artistica Valese va boshqalar o‘z asarlarini namoyish etishdi.
“Bottega for Bottegas” loyihasi bilan Bottega Veneta brendining rasmiy veb-saytida tanishish mumkin.