Bottega Veneta puflar kolleksiyasini taqdim etdi
Brend o'z mahsulotlari dizaynini Zanotta Sacco mebellaridan ilhomlanib yaratdi
Bottega Veneta moda uyi hayvon shakllaridagi The Ark nomli cheklangan sonli puflar to‘plamini ishlab chiqardi. Aynan shu puflar brendning yaqinda o‘tkazilgan 2025-yilgi bahor-yoz kolleksiyasi namoyishida o‘rindiqlar sifatida foydalanilgan.
Mahsulotlarini yaratishga brendning kreativ direktorini Zanotta Sacco puflari ilhomlantirgan. Ular ilk bor 1968-yilda dizaynerlar Pero Gatti, Chezare Paolini va Franko Teodoro tomonidan yaratilgan edi.
The Ark puflarini Bottega Veneta brendining rasmiy veb-saytida xarid qilish mumkin.