Brad Pitt, Nicole Kidman, Lady Gaga: Venetsiya kinofestivali 2024 nima bilan ajralib turdi
Bu yilgi Venetsiya kinofestivalining dasturi va o‘ziga xos jihatlari
Venetsiya – sehrli shahar. Va har yili u xilma-xil madaniy tadbirlari bilan ko‘plab insonlarni o‘ziga jalb qilib keladi. Ulardan biri – dunyodagi eng qadimiy va nufuzli kinofestival, Venetsiya xalqaro kinofestivalidir.
U birinchi marta 1932-yilda Biennale prezidenti graf Giuseppe Volpi di Misurata, haykaltarosh Antonio Maraini va Luciano De Feo homiyligida tashkil etilgan. Aynan shu paytlarda katta shuhrat qozongan festival 1935-yildan boshlab har yili o‘tkazila boshlandi.
Venetsiya kinofestivalida qanday filmlar namoyish etiladi? Hakamlar hay’atida kim bor?
Tadbirning ochilish marosimida Angelina Jolie, Lady Gaga, George Clooney, Brad Pitt, Cate Blanchett, Daniel Craig, Tilda Swinton, Jude Law, Julianne Moore, Kevin Costner, Joaquin Phoenix kabi yulduzlar ishtirok etdi.
Festivalni Tim Burtonning «Beetlejuice Beetlejuice» filmi ochib berdi.
Asosiy tanlovda 21 ta kinolenta «Oltin sher» mukofoti uchun kurashmoqda. Namoyish etilgan filmlar orasida: “Joker: Folie à Deux,” “Maria,” “Babygirl,” “Queer,” and “The Room Next Door.”
Tanlovning asosiy hakamlar hay’atini fransuz aktrisasi Isabelle Huppert boshqaradi. Hakamlar hay’ati a’zolari: James Gray, Andrew Haigh, Agnieszka Holland, Kleber Mendonça Filho, Abderrahmane Sissako, Giuseppe Tornatore, Julia von Heinz, and Zhang Ziyi.
Venetsiya kinofestivali so‘nggi yillarda Oskar mukofotining muhim boshlang‘ich nuqtasiga aylandi. 2014-yildan buyon festivalda namoyish etilayotgan filmlar orasida 4 ta «Eng yaxshi film» mukofoti sovrindori va 19 ta nomzod bor.
“Wolves” (Brad Pitt va George Clooney), “Horizon: An American Saga – Chapter 2,” va “Beetlejuice Beetlejuice”kabi filmlar tanlovdan tashqari namoyish etiladigan muhim filmlar sirasiga kiradi.
Festivalda qanday filmlar ajralib turadi?
rejissyor Todd Phillipsning Joaquin Phoenix va Lady Gaga ishtirokidagi «Joker: Folie à Deux» musiqiy trilleri.
Rejissyor Pablo Larrainning Maria Callas obrazidagi Angelina Jolie bilan “Maria” biografik filmi.
Pedro Almodóvarning bosh rollarni Tilda Swinton va Julianne Moore ijro etgan “The Room Next Door” birinchi bor ingliz tilida olgan filmi.
‘The Brutalist” – 30 yilni o‘z ichiga olgan epik tarixiy drama, rejissyor Brady Corbet, bosh rollarda Adrien Brody and Felicity Jones.
«Harvest» – rejissyor Athina Rachel Tsangarining Jim Crace romani asosida yaratgan Angliyaning o‘rta asr voqealarini o‘z ichiga oluvchi tarixiy drama.
81-Venetsiya festivalining o‘ziga xos xususiyatlari
Alberto Barbera o‘zining kirish so‘zida kinematografik shaklning transformatsiyasi haqida shunday dedi: «Tanlov filmlaridan biri, amerikalik aktyor va rejissyor Brady Corbet «The Brutalist» filmi uch yarim soatdan ortiq davom etadigan to‘liq metrajli filmdir. Shunday qilib, festival dasturiga rejissyorlarning o‘zlari tomonidan suratga olingan bir qator filmlar kiritildi. Wright and Vinterberg uchun bu ko‘p qismli filmlar janridagi birinchi ish tajribasi bo‘ldi.
Bugungi kunda Venetsiya kinofestivali har yili jahon darajasidagi filmlar to‘plamini taqdim etadigan nufuzli tadbir hisoblanadi. Va u har yili qizil yo‘lakchada ko‘plab muvaffaqiyatli rejissyor va aktyorlarni birlashtiradi.
Festivalning maqsadi erkinlik va muloqot ruhini shakllantirish bilan birga, xalqaro kino san’atining barcha shakllari – san’at, ko‘ngilochar va sanoat sohalarida xabardorlikni oshirish va targ‘ib qilishdir. Festivalning bir bo‘limi kino tarixini yaxshiroq tushunishga yordam beradigan klassik filmlarni qayta tiklashga bag‘ishlangan.
Filmlar italyan va ingliz subtitrlari bilan asl tillarida namoyish etiladi.