Bruklin muzeyidagi Dior
Rassomlar bazmi

Bu yilgi rassomlarning an’anaviy bazmi Ford xayriya jamg‘armasi rahbari Darren Uokerga bag‘ishlandi. Tadbir san’at ko‘rgazmalari va ta’lim dasturlarini moliyaviy hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun mablag‘ to‘plash maqsadida o‘tkazildi. Bazmga Mariya Gratsiya Kyuri, Stefani Ingrassiya va Amanda Uoldron hamraislik qilishdi.
Makonni shu yilgi bazmning ijodiy hamkori bo‘lgan rassom Jeffri Gibson bezatdi. U o‘zining 2020-yildagi “Jeffrey Gibson: When Fire Is Applied to a Stone It Cracks” nomli ko‘rgazmasini asos qilib oldi. Bu ko‘rgazmaning asosiy g‘oyasi G‘arb va Sharq madaniyatlari uslublaridagi yorqin ranglar, murakkab naqshlar, matnlar, topilgan buyumlar va ovozlarni tadqiq etishdan iborat edi.