Bukhara Night Rase xalqaro xayriya poygasiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

Bu tadbirda ELLE O‘zbekiston axborot hamkori sifatida ishtirok etyapti

Fotо: O‘zbekiston madaniyati va san’atini rivojlantirish jamg‘armasi matbuot xizmati

24-avgustda bo‘lib o‘tadigan, Samarkand Marathon seriyasiga kiruvchi Bukhara Night Rase xalqaro xayriya poygasida qatnashuvchilar uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi. Ro‘yxatdan o‘tganlar quyosh botganidan keyin, yoritilgan katta yo‘lda qatnashishlari mumkin.

Poyga shaharning tarixiy qismida bo‘lib o‘tadi. Unda sportchilar diqqatga sazovor mashhur joylar, masjidlar, madrasalar, karvonsaroylar hamda noyob qadimiy imshootlar bilan o‘ralgan masofalarni bosib o‘tishlari lozim.

Fotо: O‘zbekiston madaniyati va san’atini rivojlantirish jamg‘armasi matbuot xizmati

Ro‘yxatdan o‘tish uchun 5 va 10 km masofaga yugurish, shimoliy (skandinavcha) piyoda yurish, shu bilan bir qatorda 4 yoshdan boshlab ishtirokchilar uchun bolalar poygasi ham mavjud. Bundan tashqari, tadbir doirasida plogging (axlat yig‘ib yugurish) tashabbusi ham davom etadi. Tadbir DJ Julioning elektron musiqa konserti bilan yakunlanadi.

Bukhara Night Rase poygasiga Samarkand Marathon saytida ro‘yxatdan o‘tish boshlandi. Tashkilotchi: O‘zbekiston madaniyati va san’atini rivojlantirish jamg‘armasi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin