Burberry qishki kolleksiyasi reklamasini taqdim etdi

Maya Wigram, Lila Moss va boshqalar kampaniyaning yangi yuzi bo‘ldi

Fotо: Instagram / Burberry

Ijodiy direktor Daniel Lee boshchiligidagi Burberry moda uyi 2024-yilgi qishki kolleksiyasining yangi reklama kampaniyasini e’lon qildi. Kampaniya yuzi sifatida Maya Wigram, Lila Moss, Agyness Deyn va boshqalar tanlandi. Suratlarni mashhur fotograf Tyrone Lebon tasvirga olgan.

 

Yangi kolleksiya Britaniya orollari manzaralari va brendning boy merosidan ilhom olingan holda yaratilgan. Kiyimlar dizaynida Savile Rowning klassik uslublari qo‘llanilgan: ikki qator tugmali, yumshoq va erkin bichimli modellar ishlatilgan. 

Burberry brendining rasmiy saytida 2024-yilgi qish kolleksiyasiga oid mahsulotlar taqdim etilgan.

Maqolani baham ko'ring

Related articles