Burberry bahor-yoz 2025 kolleksiyasini taqdim etdi

Dekonstruktivizm, navbat seniki

23 Sen 2024
Foto: SPOTLIGHT / Burberry

Daniel Lee London Milliy teatridagi namoyish uchun rassom Gary Hume’ni dekoratsiyalar yaratishga taklif etdi. Sahna dizayni Hume’ning 1990-yildagi mashhur “Bays” asari asosida yaratilgan.

Modellar go‘yo trench (yomg‘irpo‘sh)dan qayta tikilgan ko‘rinishdagi dekonstruksiyalangan ko‘ylaklarda, undan keyin esa ko‘plab tashqi cho‘ntaklari va zanjirlari bor shimlarda podiumga chiqishdi. Bir-biriga qatlangan yoqalar va pelerinali (yelka yopinchiqli) toplar, dag‘al parka (kapyushonli uzun issiq kurtka)lar va ularning qisqartirilgan shakllari, kapyushonlar hamda payetka (yaltiroq tangacha)li popukdan yaltiroq ko‘ylaklar baland poshnali sandallarga uyg‘unlashib ketdi.

Foto: SPOTLIGHT / Burberry

Daniel Lee qaymoq rang, qora va kulrang kabi neytral ranglar majmuasini Burberry’ning o‘ziga xos katak naqshi, yo‘l-yo‘l bezaklari hamda pushti, sariq va binafsha ranglarning yumshoq tuslari bilan yangiladi.

Foto: SPOTLIGHT / Burberry

Foto: SPOTLIGHT / Burberry

Foto: SPOTLIGHT / Burberry

Foto: SPOTLIGHT / Burberry

Foto: SPOTLIGHT / Burberry

Maqolani baham ko'ring

Related articles

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin