Burgundy: kuzning eng zamonaviy rangi

​​​​​​​Uni qanday qilib garderobga kiritish va sevimli tusga aylantirish mumkin?

22 Sen 2024
Foto: SPOTLIGHT / Gucci

Mavsumdan mavsumga butun ranglar palitrasi modali tus unvoni uchun safga tiziladi. Grafit, och qizil, zaytun… endi burgundy rangi davri keldi.

To‘q qizil rangda brendlar garderob elementlarining har birini taqdim etishdi. Bu rangda butun boshli obrazni yig‘ish ham, alohida detallarga e’tibor qaratish ham mumkin: kardigan yoki keng sig‘imli sumka, qo‘lqop yoki kepka, keta yoki loferlar.

Foto: SPOTLIGHT / Chanel

Foto: SPOTLIGHT / Gucci

Trendga aylangan bu rang butun ranglar majmuasi bilan uyg‘unlashadi, qaymoq rang, moviy, yashil, shaftoli rang, kulrang, oq, jigarrang, binafsha va qora ranglar bilan bir xilda go‘zal tarzda mos keladi.

Chloé to‘r, teri va qalin plash matosi kabi turli xil xususiyatli mato yuzalarini birlashtirishni tavsiya etadi. Philosophy di Lorenzo Serafini to‘q qizil drapirovka qilingan ko‘ylak va yorqin laym rangidagi ipak poyabzaldan iborat dadil kombinatsiyani namoyish etdi. Sevimli namunalarimiz orasida Etro – to‘yingan grafit rangli uyg‘unlik mavjud. MSGM esa yanada ilgarilab, alvon va qizil ranglarning birikmasini ta’kidlamoqda. Obrazning hamohangligi uchun ikkala rang bir xil haroratda bo‘lishi lozim.

Foto: SPOTLIGHT / Philosophy di Lorenzo Serafini

Foto: SPOTLIGHT / Gucci

ELLE moda uylari ko‘rgazmalarida paydo bo‘lgan burgundi obrazlari namunalarini to‘pladi.

Foto: SPOTLIGHT / Etro

Foto: SPOTLIGHT / MSGM

Foto: SPOTLIGHT / Gucci

Foto: SPOTLIGHT / Erdem

Foto: SPOTLIGHT / Ferragamo

Maqolani baham ko'ring

Related articles

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin