Cartier ko‘rgazmasi
350 dan ortiq eksponat

Londondagi Viktoriya va Albert muzeyida (V&A) Cartier ko‘rgazmasi o‘z eshiklarini ochdi. Muzey galereyasida 350 dan ziyod eksponat namoyishga qo‘yilgan. Ular orasida Qirollik oilasining shaxsiy to‘plamidan zargarlik buyumlari, qo‘l soatlari, V&A va Cartier arxivlaridan ilgari e’lon qilinmagan eskizlar, shuningdek, xalqaro va xususiy to‘plamlar hamda Buyuk Britaniya muzeylaridan taqdim etilgan qimmatbaho taqinchoqlar mavjud. Ekspozitsiyalar Cartier zargarlik buyumlarining yuz yillik tarixini aks ettiradi va ushbu mashhur zargarlik uyining eng ahamiyatli ishlari haqida so‘zlaydi.