Cartier Shanxayda ko‘rgazma ochdi
ВEkspozitsiyada 300 dan ortiq buyum namoyish etilmoqda

Cartier zargarlik uyi Shanghai Museum East’da “The Power of Magic” nomli ko‘rgazmani ochdi. Brend bundan oldin oxirgi marta 20 yil avval, 2004-yilda ko‘rgazma o‘tkazgan edi.
Ekspozitsiyada brendning 300 dan ortiq buyumi Xitoy tarixiga oid zargarlik buyumlari bilan birga namoyish etilmoqda. Bundan tashqari, Cartier o‘zining yangi “Nature Savage” zeb-ziynatlar to‘plamini ham taqdim etadi.
Ko‘rgazmani 16-fevralgacha Shanghai Museum East’da tomosha qilish mumkin.