Celine parvarishlash vositalari toʻplamlarini taqdim etdi
Flakonlar ekologik toza materialdan tayyorlangan
Celine kreativ direktori Hedi Slimane parvarishlash vositalari kolleksiyasini bir nechta mahsulotlar bilan to‘ldirdi. Yangilangan toʻplamda quyidagilar taqdim etilgan: tana uchun molochko, qo‘l uchun krem, suyuq sovun va soch uchun mist.
Mahsulotlar brendning firma atirlari nomlarini oldi: Parade, La Peau Nue, Reptile va Cologne Céleste. Bundan oldin Celine qattiq sovun, tana uchun xushbo‘y moy va dush uchun molochkolar ishlab chiqargan.
Celine parvarishlash vositalarining yangi toʻplami 2024-yilning kuzida sotuvga chiqadi.